Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston dzyudochilari Zagreb Gran-prisini oltinchi o‘rinda yakunladi
Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri turniri yakuniga yetdi.
26-28 iyul kunlari o‘tkazilgan mazkur musobaqada dunyoning 86 davlatidan polvonlar ishtirok etdi.
Erkaklar o‘rtasida barcha vazn toifalarida qatnashgan o‘zbekistonlik dzyudochilarga bitta oltin, bitta bronza medali nasib etdi. Bu natija bilan turnirni 6-o‘rinda yakunladi. Birinchi o‘ringa dzyudo vatani vakillari ega chiqqan: 4 ta oltin 4 ta kumush.
Erkaklar o‘rtasida birinchi kungi bahslarda -60 kg. vaznda tatamiga chiqqan o‘zbekistonlik Sharafuddin Lutfillayev barcha raqiblarini yengib oltin medalga ega chiqqandi.

-66 kg.li polvonlar bahslarida o‘zbekistonlik Muhriddin Tilovov yarimfinalgacha yo‘lni bosib o‘tgan, ammo yarimfinalda ispaniyalik Alberto Martin Gayteroga, bronza uchun kurashda fransiyalik Le Blouchga yutqazgan va turnirni 5-o‘rinda tugatgan. Ushbu vazn sovrindorlari quyidagicha: A.M.Gaytero (oltin), D.Viyeru (kumush), Le Blouch va T.Davaadorj (bronza).

Ikkinchi kungi bahslarda o‘zbekistonlik dzyudochilar saralashdanoq musobaqani tark etgan. Faqatgina -81 kg. vaznda Muso Sobirov bronza medali uchun o‘tish bosqichida raqibiga imkoniyatni boy berib, 7-o‘rin bilan kifoyalangan.
Musobaqaning so‘nggi kunida og‘ir vaznli dzyudochilar tatamiga tushdi. +100 kg. vaznda o‘zbekistonlik Alisher Yusupov bronza medalini qo‘lga kiritdi. U chorak finalda gollandiyalik Roy Meyyerga yutqazib qo‘ydi. O‘tish turniridan muvaffaqiyatli o‘tib, bronza uchun bahsda rossiyalik A.Tsxovrebov ustidan g‘alaba qozondi. Mutlaq vaznda oltin medal gruziyalik Gela Zaalishviliga nasib etdi. U finalda yaponiyalik H.Harasavani mag‘lub etdi. Yana bir bronza medaliga boshqa bir gruzin L.Matiashvili ega chiqdi.


Qizlar o‘rtasidagi bahslarning -52 kg. vaznida qatnashgan o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova 3-davragacha yetib borgan. U belgiyalik raqibasiga yutqazib musobaqani tark etgan.








Mavzuga oid
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
13:43 / 19.10.2024
Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi
17:16 / 03.08.2024