Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shomurodovning goli «Rostov»ga g‘alaba keltirdi
Rossiya chempionatining 3-turida «Rostov» Tulada «Arsenal» mehmoni bo‘lib 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda hisob 21-daqiqadayoq ochildi. «Rostov» yarimhimoyachisi Roman Yeryomenko jarima zarbasini golga aylantirdi. 49-daqiqada Aleksey Ionov mehmonlarning ustunligini oshirdi. Uni Eldor Shomurodov golli pas bilan ta'minladi. 67-daqiqada «Arsenal» forvardi Yevgeniy Lutsenko javob qaytardi. 81-daqiqada Shomurodov jamoasining uchinchi golini urdi. 90+5-daqiqada Goran Chaushich hisobni qisqartirdi.
Endi «Rostov» 7 ochko jamg‘argan holda Rossiya Premer-Ligasi turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Arsenal» 4 ochko bilan 8-o‘rinda joylashgan.
Rossiya chempionati
3-tur
«Arsenal» Tula – «Rostov» 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 21 Yeremenko, 0:2 – 49 Ionov, 1:2 – 67 Lutsenko, 1:3 – 81 Shomurodov, 2:3 – 90 Chaushich.
Arsenal Tula – Nigmatullin, Grigalava, Xagush (Kombarov, 76), Alvares, Belyayev, Tkachev, Kostadinov (Gorbatenko, 72), Lesovoy, Lomovitskiy (Banda, 79), Chaushich, Lutsenko.
Rostov – Pesyakov, Kozlov, Chernov, Chistyakov, Sigurdsson, Yeremenko, Bayramyan (Zuyev, 70), Popov (Glebov, 67), Normann, Ionov, Shomurodov (Sigurdarson, 84).
Ogohlantirishlar: Grigalava (11), Kozlov (27), Kostadinov (37), Popov (47), Bayramyan (57), Gorbatenko (80).
Mavzuga oid
19:06 / 08.02.2026
Fayzullayevning assisti va Shomurodovning goli "Istanbul Boshoqshehir"ga g‘alaba keltirdi
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
18:25 / 30.01.2026
Shomurodov va Kapadze O‘FA tomonidan yilning eng yaxshilari qatoriga kiritildi
18:34 / 14.01.2026