Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda kirish imtihonlari sababli vaqtinchalik yopiladigan ko‘chalar ma'lum qilindi
29 iyul kuni soat 8:00 hamda soat 15:00da 2019—2020 o‘quv yilgi oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi.
Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi xabar qilishicha, oliy ta'lim muassasalarida kirish test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan 29 iyuldan 10 avgust kuniga qadar soat 05:00dan soat 20:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida poytaxtning Yunusobod tumanidagi Ko‘rgazma, Korxojiota, Iftixor va Niyozbek yo‘li ko‘chalari transport vositalari harakati uchun vaqtincha berkitiladi.
Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi fuqarolardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Bundan avvalroq Toshkent shahrida OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan hududlar ro‘yxati ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
17:44 / 25.05.2026
Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
17:41 / 11.02.2026
2026 yilgi test imtihonlarida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
18:25 / 13.01.2026
Harbiy xizmatni o‘taganlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
19:58 / 30.12.2025