Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Alyaskada «Xets-3» raketalarga qarshi majmuaning sinovi qanday o‘tdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu «Xets-3» raketalarga qarshi majmuaning isroillik va amerikalik harbiylar tomonidan Alyaskada o‘tkazgan sinovi aks etgan videoni e'lon qildi. Tasvirlarda raketalarning uchirilishi, so‘ngra ularning «Xets-3» majmuasi bilan urib tushirilishi aks etgan.
Avvalroq, Netanyaxu, sinovlar muvaffaqiyati «tasavvurni ham ortda qoldirgani»ni aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sinovlar so‘nggi bir necha hafta ichida o‘tkazilgan va uchta «ilg‘or maxfiy» bosqichdan iborat bo‘lgan.
«Xets-3» («O‘q-3») raketalarga qarshi majmua Isroil raketalarga qarshi mudofaa tizimining yuqori bo‘g‘inini kuchaytirish maqsadida ikki mamlakat tomonidan ishlab chiqilmoqda. U qo‘lbola reaktiv snaryadlardan tortib, Eron ballistik raketalariga munosib qarshi tura olishi kerak.
בשבועות האחרונים ערכנו ניסויים סודיים פורצי דרך בטיל ״חץ 3״. הניסויים הצליחו מעבר לכל דימיון.
— Benjamin Netanyahu (@netanyahu) July 28, 2019
היום יש לישראל את היכולות לפעול נגד טילים בליסטיים שישוגרו נגדנו מאיראן ומכל מקום אחר. זהו הישג אדיר לביטחון ישראל.
יידעו כל אויבינו - גם בהגנה וגם בהתקפה - שאנחנו נוכל להם. pic.twitter.com/UhB1DZUsKf
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026