Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi hududida O‘zbekiston ekspozitsion markazini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
O‘zbekiston prezidentining qarori bilan Moskvadagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi hududidagi 66-pavilonda “O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazma madaniy markazi” ekspozitsion markazini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim shu yilning 30 may kuni O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida Urganch shahrida imzolangandi.
Qarorga muvofiq, Toshkent shahar hokimligi yuqorida mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas'ul vakolatli organ etib belgilandi.
Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi va uni amalga oshirish uchun mas'ul bo‘lgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani Rossiya tomoniga yuboradi.
May oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilarining V forumida Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy Moskvadagi VDNX ko‘rgazmasi pavilonlaridan biri O‘zbekistonga muddatsiz foydalanish uchun berilishini ma'lum qilgandi.