Jahon | 22:18 / 29.07.2019
12553
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko davlat tomonidan ajratilgan qo‘riqchilardan voz kechdi

Foto: RIA Novosti / Stringer

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko davlat tomonidan ajratilgan qo‘riqchilardan voz kechdi va oilasi bilan Turkiyaga jo‘nab ketdi, deb xabar berdi "Ukrainskaya pravda" nashri.

Nashrning xabariga ko‘ra, Poroshenko davlat qo‘riqchilaridan voz kechishi to‘g‘risida ariza yozgan. Ammo qancha vaqtga voz kechishi aytilmagan. Ukraina qonunchiligiga muvofiq, sobiq prezidentlarga bir umrga davlat tomonidan qo‘riqchilar ajratiladi.

Xabarda aytilishicha, Poroshenko avvalroq dam olish uchun xorijga ketmoqchi ekanligini ma'lum qilgan.

2019 yil bahorida Ukrainada prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. 20 may kuni saylovda g‘alaba qozongan Vladimir Zelenskiyning inauguratsiya marosimi o‘tkazildi.

Mavzuga oid