Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni podshohining akasi vafot etdi
Saudiya Arabistoni podshohi Salmonning akasi shahzoda Bandar bin Abdul Aziz Ol Saud 95 yoshida vafot etdi. Bu haqda SPA agentligi xabar tarqatmoqda.
Saudiya Arabistoni podshohlik xonadoni ma'lumotiga ko‘ra, bugun Makkadagi «Masjidul harom» masjidida janoza marosimi o‘tkazilgan.
1923 yilda tug‘ilgan shahzoda Bandar bin Abdul Aziz Ol Saud o‘z ixtiyori bilan qirollikda hech qanday rasmiy lavozim egallamagan. U Ar-Riyod provinsiyasi gubernatori Feysal bin Bandar bin Abdul Aziz va podshohlik milliy gvardiyasi rahbari Abdulla bin Bandar bin Abdul Azizning otasi edi.
Mahalliy nashrlarda so‘nggi yillarda bir necha marta Bandar bin Abdul Aziz Ol Saud og‘ir xasta ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026