O‘zbekiston | 20:10 / 30.07.2019
55041
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 30 iyul kuni xalq deputatlari Samarqand tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilishicha, sessiyada va unda tumanga yangi rahbar tayinlangan.

Tashkiliy masala ko‘rilgan tuman sessiyasida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputlari Samarqand tumani kengashining deputatlari qatnashishgan.

Nosir Mamarasulovich Mavlonov Samarqand tumani hokimi etib tasdiqlandi. U shu kunga qadar Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.

Nosir Mavlonov 1971 yilda Ishtixon tumanida tug‘ilgan, 1996 yildan buyon soliq idoralarida faoliyat ko‘rsata boshlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Samarqand tumanining avvalgi hokimi Shuhrat O‘roqovich Jamolov va sektor rahbarlari, shuningdek, Jomboy tumanining barcha sektor rahbarlari 26 iyul kuni prezident ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda vazifasidan ozod qilingan edi.

Avvalroq Jomboy tumaniga ham yangi hokim tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid