Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Surxon» klubi moliyaviy muammolar mavjudligi haqidagi xabarni inkor qildi
«Surxon» klubi moliyaviy muammolar mavjudligi haqidagi xabarni rad qildi.
30 iyul kuni saytimizda «Surxon» inqiroz yoqasida. Baxtiyor Ashurmatov ham iste'foga chiqdi» nomli xabar chiqdi. Unda Tribuna.uz o‘z manbasiga tayangan holda Ashurmatovning iste'fosi maydondagi natijalarga bog‘liq emasligi, ayni paytda «Surxon» klubi juda murakkab moliyaviy vaziyatga tushib qolgani, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilardan juda katta miqdorda qarzdor bo‘lgani, natijada, ular «Surxon» klubi rahbariyati ustidan PFLga shikoyat qilishgani, agar jamoa yaqin orada qarzlardan qutulmasa, Superligadan tushirib yuborilishi mumkinligi haqida yozgan edi.
«Surxon» klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «bu ma'lumotlar mutlaqo noto‘g‘ri».
«Murabbiyning almashtirilishi hech qanaqa moliyaviy muammolar bilan bog‘liq emas. Klubda hamma oylik maoshlarini olgan, klub hech kimdan qarzdor emas. «Surxon» o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan. Jamoa oxirgi uch uchrashuvda qatorasiga mag‘lubiyatga uchradi va ko‘zlagan maqsadidan biroz uzoqlashdi. «Surxon» futbol klubi o‘z muxlislaridan ijtimoiy tarmoqlarda chiqarilayotgan turli xil ma'lumotlarga ishonmasliklarini so‘raydi», - deyiladi bayonotda.
Superliga 14-turidan keyin «Surxon» 21 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
22:37 / 22.04.2026
27 million mashmashasi: o‘zbek klublari budjetdan pul ola boshladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
11:07 / 15.04.2026
Superliga. «So‘g‘diyona»ning birinchi g‘alabasi va Babayanning iste’fosi
11:39 / 10.04.2026