Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda portlash. Avtobusning 35 yo‘lovchisi halok bo‘ldi
Foto: REUTERS/Jalil Ahmad
Afg‘onistonning Hirot-Qandahor shaharlarini bog‘lovchi avtomobil yo‘lining Farah viloyatidan o‘tuvchi qismida sodir bo‘lgan portlash oqibatida yo‘lovchi avtobusida ketayotgan 35 kishi qurbon bo‘ldi, 27 kishi yaralandi. Halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bor, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Joriy yilda, Afg‘oniston bo‘ylab xavfsizlik borasida salbiy holatlar ko‘p uchramoqda, deyiladi xabarda. Tog‘larga joylashib olgan Tolibon harakati va Islom davlati jangarilari afg‘on harbiylari, hukumat xodimlari va fuqarolarga kunda-kunora hujum qilmoqda.
«Bomba Tolibon jangarilari tomonidan afg‘on va xorijiy xavfsizlik kuchlarini nishonga olish maqsadida yaqinda qo‘yilgan bo‘lgan», - degan Afg‘on rasmiysi. Uning qo‘shimcha qilishicha, halok bo‘lganlar hamda yaralanganlarning aksariyati bolalar va ayollardir.
Hozircha, hodisa uchun javobgarlik hech bir jangovar guruh zimmasiga olgani yo‘q.
Shu bilan birga, Tolibon harakati vakili javobgarlikni rad etib, harakat jangchilari bu hududda minalarni o‘rnatishga mas'ul bo‘lishmaganini ta'kidlagan.
«Portlash Tolibon tomonidan sodir etilmadi, biz hodisani o‘rganyapmiz», - degan Zabihulloh Mujohid.
Mavzuga oid
00:32 / 19.03.2026
Afg‘oniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zaro janglarni vaqtincha to‘xtatdi
15:18 / 18.03.2026
O‘zbekiston hayit arafasida Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi
10:45 / 17.03.2026
Afg‘oniston Pokistonning Kobulga zarbasi oqibatida 400 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi
14:02 / 14.03.2026