Kun.uz saytida Buxoro şahrining tarixiy qismida zamonaviy qahvaxona qurilişi e'tirozlarga sabab bölayotgani haqida maqola e'lon qilingan edi. Tahririyatga uşbu qahvaxona haqidagi qöşimça ma'lumotlarni taqdim etişdi.
Ma'lum bölişiça, Nodir Devonbegi madrasasi orqasidagi Mehtar Anbar va Bahouddin Naqşband köçalari kesişmasida joylaşgan daraxtzor maydonda 17 yildan buyon Fransiyada faoliyat yuritib kelayotgan buxorolik yoş tadbirkor Saidjon Maqsudov qahvaxona va turistik axborot markazi binosini qurişni möljallamoqda.
Tadbirkor 2018 yilda Buxoro şahar hokimiga mazkur obekt uçun yer maydoni ajratişni sörab murojaat qilgan va öz loyihasini taqdim etgan.

Loyihani Buxoroning şaharsozlik me'yorlariga töğri keladigan, sayyohlar va mahalliy aholi ehtiyoji uçun zarur deb hisoblagan mutasaddi rahbarlar prezidentining 2017 yil 19 maydagi «2017–2019 yillarda Buxoro viloyati va Buxoro şahrining turizm salohiyatini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–2980-sonli qarori asosida loyiha uçun 120 kvadrat metrdan iborat yer maydonini ajratib berişgan.

«Bahouddin Naqşband va Mehtar Anbar köçalari kesişmasi hududidagi foydalanilmaydigan zaxira yerlari hisobidan ajratilgan yer maydonida qahvaxona va turistik axborot markazi qurişni möljallaganmiz. 1,2 sotix maydonida loyihani amalga oşiriş uçun işga kirişganimizga bir neça kungina böldi. Biroq, ayrim ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallar orqali tarqalgan xabarlarda «Fransiyadan investor bölişga da'vo qilayotgan bir aqlli odam, sayyohlik ma'lumot markazi bahonasida u yerda cafe qurişga qaror qildi. Tabiiyki, u daraxtlarni kesadi», degan noörin iddao mavjud. Şunga qaramasdan, biz ortga çekinmadik», — deydi yoş tadbirkor Saidjon Maqsudov.



























