«Tonirovka», «snos», «daraxtkesarlar»: Bosh vazir o‘rinbosari deputatlarga nimalar to‘g‘risida ma'lumot berdi?

1 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Vazirlar Mahkamasining Davlat dasturining 2019 yil II choragida bajarilishi yuzasidan hisoboti” ko‘rib chiqildi. Xisobotni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov taqdim etdi. Tadbirda barcha mutasaddi vazirliklar va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Ma'ruzada ta'kidlanganidek, 2019 yilning I yarim yilligida 139 ta topshiriq belgilangan bo‘lib, 106 band ijrosi to‘liq bajarilgan. Jumladan, II chorakda Davlat dasturining 77 ta bandi ijrosi ta'minlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, hisobot davrida 55 ta bandning (71 foiz) ijrosi to‘liq bajarilgan. Bunda, jami 50 ta normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan 2 ta O‘zbekiston Respublikasining qonuni, 2 ta Oliy Majlis palatalarining qarori, Prezidentning 8 ta farmoni va 19 ta qarori hamda 19 ta Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari qabul qilindi
Bundan tashqari, I yarim yillikda yakuniga yetkazilmagan 23 ta band ijrosi bo‘yicha ishlar turli bosqichlarda amalga oshirilmoqda va 10 ta bandning ijro muddati belgilangan tartibda uzaytirilgan.
Aziz Abduhakimov ma'ruzada keng jamoatchilik va deputatlar tomonidan so‘nggi paytlarda ko‘tarilayotgan ijtimoiy muammolar va ularning yechimi yuzasidan takliflar hukumat tomonidan e'tiborda ekanligini qayd etdi. Shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan barcha ommaviy axborot vositalari, blogerlar, fuqarolarimiz va deputatlarga alohida minnatdorchilik bildirdi.
Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi vakillari tomonidan ko‘tarilgan va Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan “tonirovka” va “termoplyonka” masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, e'lon qilinishi kutilayotgan qarorda fraksiyaning takliflari ham o‘z aksini topgani ta'kidlandi, deb xabar beradi O‘zbekiston “Adolat” SDP matbuot xizmati.
Shuningdek, Aziz Abduhakimov o‘z ma'ruzasida bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblangan turar va noturar joylarni buzish hamda ularga kompensatsiya masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Ma'lumot berilishicha, hozirgacha yuridik shaxslarning buzilishga tushgan 3800 ta obektning jami kompensatsiya miqdorining 70 % mablag‘i to‘lanmagan. Bu qarzdorlikning asosiy qismi Toshkent shahri, Xorazm va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Endi bunday bo‘lmaydi.
Yangi tizim bo‘yicha viloyat hokimlari tomonidan buzilishi rejalashtirilgan hudud bo‘yicha materiallar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Vazirlar Mahkamasida bosh vazir birinchi o‘rinbosari A.Ramatov tomonidan shaharsozlik talablari bo‘yicha puxta o‘rganiladi. Moliyaviy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab berish masalalari bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorovga kiritilib, ulardan tegishli hisob-kitoblar olingandan so‘ng bosh vazirga taklif sifatida kiritiladi. Faqatgina shundan so‘ng buzish masalasi bo‘yicha bir qarorga kelinadi.
Aziz Abduhakimov daraxtlarning noqonuniy kesilish masalasiga ham e'tibor qaratdi. Daraxtlarni kesish bo‘yicha ham deputatlar, keng jamoatchilikdan ko‘plab takliflar, e'tirozlar kelib tushayotgani qayd etildi. Bu bo‘yicha ham alohida chora-tadbirlar belgilanib, jazolarni yanada kuchaytirish, bunga jamoatchilikni keng jalb etish, umuman olganda, butun respublika bo‘yicha daraxtlarni kesish hollariga butunlay chek qo‘yadigan Vazirlar Mahkamasi qarori tayyorlanayotgani e'tirof etildi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

08:37 / 02.06.2025
O‘zbekistonda ekologiya muhofazasi bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi

15:35 / 11.05.2025
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?

11:10 / 30.04.2025
Parlamentda g‘oyalar to‘qnashuvi: Navbatdagi yalpi majlis qanday o‘tdi?

18:00 / 23.04.2025