Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaga qarshi yana qanday sanksiyalar kiritgani ma'lum bo‘ldi
Foto: RIA Novosti
AQSh prezidenti Donald Tramp "Skripallar ishi" sababli Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjatda aytilishicha, AQSh Rossiyaga xalqaro moliya muassasalari tomonidan zayomlar berilishi, moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatilishiga qarshilik qiladi.
Vashington bu to‘siqlarni XVJ, Jahon banki, YeTTB va boshqa tashkilotlardagi o‘z vakillari orqali yaratadi.
Bundan tashqari, Amerika banklari cheklovlar kiritilayotgan mamlakat hukumatiga kredit bera olmaydi.
Skripallar ishi bois birinchi sanksiyalar paketi o‘tgan yilning 27 avgustida kiritilgandi.
2018 yil martda Solsberida GRU sobiq ofitseri Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangandi.
London bu ishga Rossiya aloqador ekanligini bildirdi, Moskva buni qat'iyan inkor qildi.
Mavzuga oid
23:35 / 14.02.2026
“Trampdan 2028-yilda aniq qutulamiz” – Myunxenda AQShning siyosati keskin tanqid qilindi
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
14:21 / 14.02.2026
Rossiya “Urushga qarshi qo‘mita”ni “terroristik” deb tan olmoqchi
14:03 / 14.02.2026