Jahon | 23:42 / 02.08.2019
13151
2 daqiqa o‘qiladi

Parijda soxta malika zargarlik do‘konidan 1,3 mln yevrolik taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketdi

Parijda zargarlik do‘konidan 1,3 mln yevrolik taqinchoqlar o‘g‘irlab ketilishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. O‘g‘irlikda o‘zini BAAlik malika deb tanishtirgan ayol gumon qilinmoqda, deb xabar berdi BFMTV.

Xabarda aytilishicha, 31 iyul kuni zargarlik do‘koniga kirib kelgan gumonlanuvchi o‘zini Dubay shayxining xotinlaridan biri, yonidagi ayolni esa cho‘risi sifatida tanishtirgan. Ular qutiga solingan taqinchoqlarni ko‘rib chiqishgan.  

Ayol qutini qaytarib berib taqinchoqlarni ertasi kuni sotib olishini aytgan. Unga to‘lov puli tushishi bilan taqinchoqlarni aytilgan manzilga jo‘natishga va'da berishgan. Ertasiga pul tushmagach, do‘kondagilar qutini ochishgan va uning ichida Maggi buloni bo‘lakchalarini ko‘rishgan.

LCI nashrining xabar berishicha, 1,6 mln yevrolik taqinchoqlar Hermel do‘konidan o‘g‘irlab ketilgan. Qayd etilishicha, soxta malika tillalarni tomosha qilayotganida uning telefoni bir necha bor jiringlagan va u telefonda gaplashayotgan chog‘ida qutiga epchillik bilan taqinchoqlar o‘rniga bulon bo‘lakchalarini solib qo‘ygan.

Mavzuga oid