O‘zbekiston | 22:05 / 02.08.2019
13573
2 daqiqa o‘qiladi

Sudyalar yoshi 35 yosh etib belgilanishi kutilmoqda – Oliy sud

Foto: Oliy sud

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida «Odil sudlovni amalga oshirishda sudlar faoliyatining 2019 yil birinchi yarim yillik yakunlari» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy sud rais o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov sud tizimida kutilayotgan yangiliklardan xabardor qildi.

«Ma'muriy sudlarimiz yaqinda tashkil etilgan va ularning moddiy ahvolini yaxshilab boryapmiz. Tashkil etilgan vaqtda fuqarolik sudining sudyalaridan 130 nafari ma'muriy sudga o‘tkazilgan. Sudyalar masalasida bir yangilikni aytmoqchimanki, yaqinda sudyalar yoshini 35 yoshdan qilib belgilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, o‘zgarishlar viloyat sudlarida ham bo‘lishi kutilmoqda. Bir viloyatning o‘zida bir necha rais bor. Bu tushunmovchilik holatlarini yuzaga keltirmoqda. Endi viloyatlardagi barcha sudlar birlashtirilib bir yaxlit holatga kelishi kutilmoqda. Bitta viloyatda bitta rais bo‘ladi. Buning tartibini ham ishlab chiqyapmiz», deya Oliy sud raisi o‘rinbosarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Rais o‘rinbosari, shuningdek chaqaloqlar sotilishida masalasida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Hozirgi kunda oilaviy ajrashishlar oddiy holdek bo‘lib qoldi. Xuddi shunday tarzda ona o‘z chaqalog‘ini sotish hollarini odamlar oddiygina qabul qilmoqda», deydi u.

Mavzuga oid