O‘zbekiston | 21:18 / 03.08.2019
6768
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Belarus texnologiyalari bo‘yicha sutchilik-mahsulotlar majmuasi quriladi

Foto: Depositphotos

Toshkent viloyatida Belarus texnologiyalari bo‘yicha sutchilik-mahsulotlar majmuasi quriladi. Bu haqda Belarus qishloq xo‘jaligi vazirligining tashqi iqtisodiy faoliyat bosh boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Bogdanov Belarus-O‘zbekiston hududlararo forumida ma'lum qildi.

«Toshkent viloyatida Borisovdagi «Zdravushka-milk» OAJning hamkori bo‘lib, ular O‘zbekistonda ming bosh sog‘in sigirga mo‘ljallangan sutchilik-mahsulotlar majmuasini quradi.  

U yerda Belarus loyihasi bo‘yicha ferma, qayta ishlab chiqarish sexi barpo etiladi, Belarusdan uskuna va chorva mollari yetkazib beriladi», - dedi Aleksey Bogdanov.

Eslatib o‘tamiz, Belarus O‘zbekistonga parranda va mol go‘shti, sut mahsulotlari, shakar, qandolatchilik mahsulotlari yetkazib beradi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid