Mahsulotini qiz tarafga sotmaydigan mebel fabrikasi yoxud DIYOR MEBEL asoschisi Diyorbek Murodovdan shu mavzuga izoh

Yaqinda internet tarmog‘ida keng tarqalgan va juda katta munozaralarga sabab bo‘lgan reklama yodingizda bo‘lsa kerak.
DIYOR MEBEL fabrikasi asoschisi Diyor Murodov bu mavzudagi savollarga javob berdi.
Qiz tarafga mebel yo‘q deb bergan reklamangiz internet tarmog‘ida juda katta munozaralarga sabab bo‘ldi.! Bu reklama sotuvingizga qanday ta'sir qildi?
Albatta, sotuvimiz oldingiga nisbatan chamasi 30 foizga pasaydi. Bunga sabab biz rostdan xam qiz tomonga mebel sotishni to‘xtatib qo‘ydik!
Lekin quvonchli tomoni shundaki, minglab insonlarning rahmatini eshitdik. Shunchaki qo‘ng‘iroq qilib, shunday reklama qo‘yganingiz uchun otangizga ming rahmat, degan insonlar juda ko‘p bo‘ldi.
Sizning mahsulotingiz to‘y uchun maxsus mo‘ljallangan bo‘lsa!? Va qiz tomonga mebel sotmasangiz, unda sizning mahsulotingizni kimlar xarid qilyapti?
Reklamani joylashtirganimizdan so‘ng qo‘ng‘iroq qilib reklamangizni ko‘rib biz ham mebelni o‘zimiz sotib olishga qaror qildik, degan yigitlar ko‘paydi va shuni ta'kidlab o‘tish kerakki, ota-onasining mebelini almashtirish niyatida bo‘lgan xaridorlarimiz soni sezilarli darajada oshdi.
Sizga nisbatan salbiy fikrlar ham bildirildimi? Chunki sizning reklamangiz ko‘p yillar davomida shakllanib kelgan an'anaga qarshi chiqyapti.
To‘g‘ri, bizga salbiy fikr bildirgan insonlar ham bo‘ldi, buni inkor etmaymiz. Lekin bu bizni maqsadimizdan qaytara olmaydi! Chunki millionlab vatandoshlarimizning rahmati biz qilayotgan ish to‘g‘riligini tasdiqlab turibdi.
Xaqiqiy o‘zbek o‘g‘lonlari uchun eshigimiz doim ochiq!
Tel: 71 200 6 777
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi
Jahon | 16:46
-
Turkiyada uchta katta shahar rahbarlari hibsga olindi
Jahon | 16:16
-
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi
O‘zbekiston | 15:51
-
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda
Jahon | 15:44