Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp qurol sotish to‘g‘risidagi qonunni keskinlashtirishga chaqirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda sodir bo‘lgan otishmalardan so‘ng demokratlar va respublikachilarni qurol sotish to‘g‘risidagi qonunni keskinlashtirish va immigratsion islohot o‘tkazishga chaqirdi.
Tramp tvitterda AQSh hukumati begunoh odamlarning o‘lib ketishlariga yo‘l qo‘ya olmasligini ta'kidladi. Uning fikricha, respublikachilar va demokratlar birlashishi hamda shaxsiy biografik ma'lumotlar jiddiy tekshiruvdan o‘tkazilishiga erishishlari kerak.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Chikagodagi parkda joylashgan bolalar maydonchasida otishma sodir etilishi natijasida yetti kishi jarohatlandi.
Avvalroq esa El-Paso shahridagi (Texas shtati) supermarketda sodir etilgan otishmada 20 kishi halok bo‘lgan, 26 kishi jarohatlangandi.
Keyinroq esa Ohayo shtatidagi Deyton shahrida otishma sodir bo‘ldi. Dayton Daily News gazetasining xabar berishicha, otishmada yetti kishi qurbon bo‘lgan.
Mavzuga oid
00:34 / 12.07.2026
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
09:45 / 09.06.2026
Sud Trampning viza siyosatiga qarshi qaror chiqardi
10:45 / 08.06.2026
Tramp Eron bo‘yicha yangi shartlarni ochiqladi
09:30 / 08.06.2026