Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada narkotik moddalar olib ketayotgan ikkita samolyot urib tushirildi
Venesuela qurolli kuchlari narkotik moddalar olib ketilayotgan ikkita samolyotni urib tushirdi.
"Bortida Kolumbiyadagi narkotik moddalar noqonuniy aylanmasi natijasida olingan moddalar bo‘lgan ikkita samolyot mamlakat g‘arbiy havo sarhadini kesib o‘tishga uringani aniqlandi. Protokollar va qonunga muvofiq ular yo‘q qilindi", - deyiladi Venesuela aerokosmik mudofaa kuchlari birlashgan qo‘mondonligi xabarida.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 2013 yilda narkomafiyaning mamlakat hududi ustidan o‘tadigan har qanday samolyotini urib tushirishga ruxsat beruvchi qonun tasdiqlanganini ma'lum qilgandi. Ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish taklifi avvalgi prezident Ugo Chaves tomonidan berilgan, keyinroq Venesuela parlamenti bu hujjatni tasdiqlagandi.
Mavzuga oid
08:55
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026