Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yupqa oltin yaratildi
Olimlar oltinning 2 atom qalinligidagi yangi shaklini olishdi, bu esa qachondir yaratilgan eng yupqa list hisoblanadi. Uni elektronika, tibbiyot va sanoat jarayonlarida kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirish uchun qo‘llash mumkin.
Yangi materialning qalinligi 0,47 nanometr bo‘lib, u inson tirnog‘idan million marta yupqaroqdir.

O‘ta yupqa material sintezi suyuqlikda kechib, oltin-xlorli vodorod kislotasidan boshlanadi. Uni listga aylantirish uchun maxsus kimyoviy modda qo‘llanib, u ikki atom qalinligidagi listning hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Lids universiteti tadqiqotchilari olingan materialni “oltin suvo‘t” deb atashgan, chunki u suvda yashil rangda bo‘ladi.
Bunday usulda olingan o‘ta yupqa listlar egiluvchan bo‘lib, bu ularni egiluvchi ekranlar qismlari va shaffof o‘tkazuvchi displeylarda qo‘llash imkonini beradi. Olimlarning fikricha, yangi material shuningdek tibbiy diagnostik tezkor testlar va suvni tozalash tizimlarida sun'iy fermentlar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Mavzuga oid
14:40 / 04.02.2026
“Interfaks”: Rossiyadan naqd rubl va oltin olib chiqishga cheklov qo‘yiladi
18:54 / 02.02.2026
Jahon bozorida oltin va kumush narxi quladi
23:04 / 30.01.2026
Geosiyosiy beqarorlik, Tramp va dollar. Oltin bilan nimalar bo‘lyapti?
11:11 / 29.01.2026