20:20 / 07.08.2019
68329

Foto: Atamboyevning tarafdorlari yo‘lni to‘sishdi. Daraxtlar ag‘darildi va shinalar yoqildi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning uyiga olib boradigan yo‘l to‘sib qo‘yildi. Yo‘lning bir tomoni huquq tartibot organlari tomonidan, ikkinchi tomoni Atamboyevning tarafdorlari tomonidan to‘silgan.

Huquq tartibot organlari xodimlari trassani avtomobillari bilan to‘sishgan.

Sobiq prezident tarafdorlari yo‘lni toshlar va shinalar bilan to‘sishgan. Ular shinalarni yoqishgan. Bundan tashqari, yo‘l bo‘yidagi daraxtlar arralanib, yo‘l ustiga yiqitilgan. Ular bu orqali Almazbek Atamboyevning uyini qo‘riqlash uchun barrikadalar o‘rnatishga harakat qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 avgust kuni sobiq prezidentning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyida otishma ovozlari eshitila boshlandi. Internetda tarqalgan videolarga ko‘ra, uyni maxsus topshiriqli bo‘linmalar xodimlari qamal qilgan. Uyda sobiq prezidentning tarafdorlari bo‘lgan yuzlab kishilar to‘plangan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, kamida 10 kishi jarohatlangan.

Mavzuga oid
Top