Video: Atamboyevni qo‘lga olish uchun operatsiya o‘tkazilmoqda

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning uyi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘ida maxsus amaliyot boshlandi. Kaktus Media nashri jarayon videosini e'lon qildi.
Sobiq prezidentga yaqin manbalarning xabar berishicha, uning uyi maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan harbiylar tomonidan qamal qilingan va otishma ovozi eshitilgan. Atamboyevning dala hovlisida uning tarafdorlari va jurnalistlar to‘plangan, sobiq prezidentning tarafdorlari faol qarshilik ko‘rsatmoqda. Huquq tartibot organlari xodimlari esa maxsus vositalardan, rezinali o‘qlar va shovqinli granatalardan foydalanmoqda.
24.kg nashri xabariga ko‘ra, kamida o‘n kishi jarohat olgan. Jarohatlanganlarga tibbiy xodimlar yordam ko‘rsatmoqda.
Xabar qilinishicha, uy yaqiniga maxsus texnika va vertolyot keltirilgan.
Mamlakatning sobiq prezidentiga umrbod qamoq jazosi tahdid solmoqda. Uni hokimiyatni uzurpatsiya qilishda (hokimiyatni yoki birovning huquqini qonunga xilof ravishda tortib olish) va Bishkek IES modernizatsiyasida korrupsiyaga yo‘l qo‘yishda ayblashmoqda.
27 iyun kuni Qirg‘iziston parlamenti Atamboyevni daxlsizlik huquqidan mahrum etgandi. Sobiq prezident 5ta jinoyatga aloqadorlikda gumon qilinmoqda va shu vaqtga qadar bir necha marta guvoh tariqasida so‘roqqa chaqirildi, ammo u IIV tergov boshqarmasiga bormadi.
Qirg‘iziston parlamenti uni jinoiy avtoritet Aziz Batukayev soxta tibbiy ma'lumotnomalar orqali ozod qilinishiga ham aloqador deb biladi. Atamboyevning o‘zi barcha ayblovlarni inkor etgan.
Atamboyev 2011 yildan 2017 yilgacha Qirg‘izistonga rahbarlik qilgandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
Mavzuga oid

21:30 / 26.08.2022
Atamboyevga davolanish uchun Moskvaga borishiga ruxsat berilmadi

20:09 / 28.06.2022
Atamboyev tartibsizliklar to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi

18:45 / 16.06.2022
Atamboyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi

07:49 / 03.06.2022