Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Putindan Donetsk xalq respublikasi rahbariyatiga ta'sir ko‘rsatishni so‘radi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashganini va muloqot davomida Donbassda ukrainalik harbiylar halok bo‘lganini muhokama qilganini ma'lum qildi. Bu haqda “112 Ukraina” telekanali xabar berdi.
“Zudlikda unga telefon qilib, bu o‘qqa tutish bizni tinchlikka yaqinlashtirmasligini aytdim. Men sizdan u tomonga odamlarimizni o‘ldirishni bas qilishlari maqsadida ta'sir qilishingizni so‘rayman”, deb ma'lum qilgan Zelenskiy.
Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi kuchlari 6 avgustga o‘tar kechasi ukrainalik harbiylarning Pavlopol yaqinidagi pozitsiyalariga hujum qilishgan. Oqibatda 4 nafar ukrainalik harbiy halok bo‘lgan. Shundan keyin Zelenskiy Facebook’dagi sahifasida normand formati ishtirokchi davlatlari yetakchilarini Donbassdagi vaziyat bo‘yicha muzokaralarni qayta yo‘lga qo‘yishga chaqirgan.
Rossiya va Ukraina prezidentlari ilk bor iyul boshida telefon orqali suhbatlashishgan. Suhbat 20 daqiqaga yaqin davom etgan. Zelenskiy matbuot xizmati suhbatning asosiy masalasi ukrainalik dengizchilarni ozod etish bo‘lganini ma'lum qilgan. Shuningdek, Putin va Zelenskiy muloqot davomida Ukraina sharqidagi ixtilofni tartibga solish va ikki tomondan ushlab turilgan shaxslarni qaytarish bo‘yicha birgalikda ishni muhokama qilishgan.
Mavzuga oid
23:05 / 25.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga nisbatan «40 kunlik ta’sir operatsiyasi»ni tasdiqlaganini aytdi
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
08:29 / 18.06.2026