Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda yana ommaviy qotillik sodir etildi
Janubiy Kaliforniyada machete bilan qurollangan 33 yoshli erkak ommaviy qotillik sodir etdi. Oqibatda 4 kishi halok bo‘lgan, 2 kishi yaralangan. Bu haqda ABC News telekanali xabar berdi.
Hujumlar Kaliforniyaning Garden-Grov shahrida boshlangan. Gumonlanuvchi dastlab mahalliy novvoyxonani tunagan. Yarim soatdan so‘ng politsiya yaqin orada joylashgan turar-joy majmuasida 2 nafar erkakning behush tanasini aniqlagan. Ulardan biri voqea joyida, ikkinchisi shifoxonada jon bergan.
Keyinroq gumonlanuvchi cheklarni naqdlashtirish bilan shug‘ullangan tashkilotni tunagan. 25 daqiqa o‘tgach esa u sug‘urta kompaniyasi xodimasiga hujum qilgan. Politsiyada ta'kidlanishicha, ayol tirik qolgan. Bosqinchi 4 daqiqa o‘tgach AYoQSh xodimi bilan nizolashib, unga pichoq va machete bilan zarbalar bergan.
So‘ngra bosqinchi do‘konni tunab, qurollangan qo‘riqchini so‘yib tashlagan va uning to‘pponchasini olib qo‘ygan. Oxirgi hujum tergovi vaqtida politsiya gumonlanuvchi bungacha yana bir do‘konni tunab, uning xodimini o‘ldirib ketganini aniqlagan.
Ayni vaqtda gumonlanuvchi ushlangan. Politsiyada ta'kidlanishicha, qotil birinchi qurbonlar aniqlangan turar-joy majmuasida yashagan.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026