Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dmitriy Medvedev kutilganidan bir kun avval Qirg‘izistonga bordi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida joylashgan Cholpon-Ata kurortiga bordi. Ertaga u yerda Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Avvalroq Medvedevning tashrifi 9 avgustga mo‘ljallangani aytilgandi. Ammo Rossiya hukumat rahbari kutilganidan bir kun oldin Qirg‘izistonga bordi.
Ertaga boshlanadigan kengash yig‘ilishida Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bosh vazirlari ham qatnashadilar. Medvedev Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan ham uchrashadi. Uchrashuv vaqtida tomonlar Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning qo‘lga olinishi haqida gaplashishlari aniq emas.
Oldinroq Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi o‘tkazilmasligi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan va bu Atamboyevning qo‘lga olinishi bilan bog‘liqligi aytilgandi.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026