Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elmira Bositxonova: «Ijtimoiy tarmoqlar kuchini oxirgi bir yarim oyda ko‘rdim»
Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova bu lavozimni egallaganidan buyon o‘tgan bir yarim oy davomida ijtimoiy tarmoqlarning ta'sir kuchiga amin bo‘lganini tan oldi.
O‘tgan haftalar davomida bir necha marta muhokamalar markazida bo‘lgan Bositxonova bugun jurnalist va blogerlar bilan kechgan ochiq muloqotda shu haqda gapirib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Qo‘mitadagi faoliyatimni boshlaganimga bir oydan oshdi. Mana shu davr mobaynida mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga, ularning muammolarini bilishga, dardiga davo topishda qandaydir harakatlar qilayotgan bo‘lsak, jarayon qanday ketyapti, natija nima bo‘lyapti, degan savollarga javob berishda sizlar bilan hamkorlik zarur ekanligini, bu borada ishtiroklaringiz katta va muhimligini ko‘rib, bilib, tushunib yetdim.
Ijtimoiy tarmoqlar kuchini ham oxirgi bir yarim oyda ko‘rdim. Bu kuchni, albatta, o‘zim boshqarayotgan tashkilot faoliyatida hamkorlikda qancha odamlarga yordam berish mumkinligini sezdim», – dedi Elmira Bositxonova.
Uning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga nisbatan bilimsiz, chalasavod, malakasiz, deya bildirilgan fikrlarni kuzatib, o‘qib borgan. Ammo u haqida yaxshi bilmay turib, salbiy munosabat bildirganlardan sira ranjimagan.
Eslatib o‘tamiz, qo‘mita raisi so‘nggi vaqtlarda «bozorchi» ayollar haqidagi so‘zlari, shuningdek, Toshkentda yashovchi ayollarning 23ta toifasi bo‘yicha kartotekalari shakllantirilishi ortidan tanqidlar nishoniga aylangan edi.
Mavzuga oid
17:00 / 25.04.2025
Xususiy klinikalarni tekshirish bo‘yicha SSVning vakolatlari kengaytirilishi mumkin
12:07 / 13.04.2023
«Viloyat va tumanlardagi shifoxonalar uchun 15 ta MRT va 200 dan ortiq MCKT uskunasiga ehtiyojimiz bor» - Amrillo Inoyatov
09:46 / 07.08.2022
SSV: Asoratli homiladorlik asoratli bolalar tug‘ilishi degani emas
15:59 / 31.10.2021