Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya 2019 yil oxirigacha xorijda besh mingga yaqin brend do‘konlarini ochadi
2019 yil oxirigacha xorijda Turkiyaning besh mingga yaqin brend do‘konlari ochiladi, deb ma'lum qildi Turkiya birlashgan brendlari assotsiatsiyasi (BMD) rahbari Sinan Onjyel.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijda har kuni o‘rtacha ikkita yangi turk brend do‘koni ochiladi.
2019 yil boshidan beri 125 mamlakatda 4396 ta magazin va 12884 ta BMD savdo nuqtalari ishlab turibdi. Uch yil ichida xorijdagi turk brend do‘konlari soni ikki baravarga ko‘paydi, dedi Onjyel.
Turkiya birlashgan brendlari assotsiatsiyasi tayyor kiyimlar sotuvchi kompaniyalar tomonidan tashkil etilgan. Keyinchalik unga aloqa vositalari, optika, mebel, poyabzal, kosmetika, testil ishlab chiqaruvchi minglab yangi kompaniyalar a'zo bo‘lgan.
Turk brend do‘konlari soni bo‘yicha dunyoda Rossiya yetakchilik qilmoqda (yil boshidan buyon 636ta). Undan keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (320), Saudiya Arabistoni (294), Ruminiya (219) va Iroq (213) joylashgan.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026