Sport | 19:08 / 08.08.2019
14195
1 daqiqa o‘qiladi

UYeFA Chempionlar Ligasining eng yaxshi futbolchilarini e'lon qildi – Muhammad Saloh ro‘yxatda yo‘q

Foto: Getty Images

UYeFA Chempionlar Ligasining o‘tgan mavsumi yakuniga ko‘ra, har bir pozitsiyada eng yaxshi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatini e'lon qildi.

Undan Chempionlar Ligasi g‘olibi «Liverpul» yetakchisi Muhammad Salohga joy topilmadi. 

Ular:

Darvozabonlar: Alisson Beker (Liverpul), Ugo Loris (Tottenhem), Mark-Andre ter Stegen (Barselona).

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk (ikkalasi ham Liverpul), Mateys de Ligt (Ayaks/Yuventus).

Yarimhimoyachilar: Frenki de Yong (Ayaks/Barselona) Kristian Eriksen (Tottenhem), Jordan Henderson (Liverpul)

Hujumchilar: Sadio Mane (Liverpul), Lionel Messi (Barselona), Krishtianu Ronaldu (Yuventus) 

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi 2018/19 mavsumining finalida «Liverpul» «Tottenhem»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid