Qirg‘iziston maxsus kuchlari Atamboyevga qarashli telekanalga bostirib kirdi
Maxsus kuchlar vakillari Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga qarashli “Aprel” telekanali jurnalistlaridan telekanal binosini zudlik bilan tark etishlarini talab qildi. Bu haqda kanal bosh muharriri Lena Nechayeva xabar qildi.
"Aprel" telekanali efiri 7 avgust – sobiq prezidentni qo‘lga olish uchun operatsiya o‘tkazilgan birinchi kunida bloklab qo‘yilgandi.
7 avgust kechki payt Qirg‘iziston maxsus xizmatlari Atamboyevni uning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi qarorgohida qo‘lga olish bo‘yicha amaliyotni boshlashgan. Maxsus xizmatlar sobiq prezidentning tarafdorlariga maxsus vositalar qo‘llashgan, Atamboyev tarafdorlari bunga javoban o‘q uzishgan.
8 avgust kuni Qirg‘izistonning sobiq prezidenti uzoq davom etgan muzokaralardan keyin kuch tuzilmalariga taslim bo‘lgan. U maslahatchilari Farid Niyazov va Qunduz Joldubayeva hamrohligida Bishkekka olib ketilgan.
Mavzuga oid
21:30 / 26.08.2022
Atamboyevga davolanish uchun Moskvaga borishiga ruxsat berilmadi
20:09 / 28.06.2022
Atamboyev tartibsizliklar to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi
18:45 / 16.06.2022
Atamboyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi
07:49 / 03.06.2022