21:59 / 11.08.2019
73608

Atamboyev uyida qurol arsenali topildi

Foto: Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyida 11 turdagi o‘qotar qurol va o‘q-dori aniqladi.  

Ma'lum qilinishicha, tintuv vaqtida Dragunov snayper miltig‘i o‘qdoni bilan, o‘zi o‘qlanuvchi Simonov karabini, “Kapral” to‘pponchasi, ikkita o‘qdoni bo‘lgan TT to‘pponchasi, GM-100 rusumidagi 2 ta to‘pponcha, “Sayga” karabini, ikki stvolli TOZ, Fabarm, Zoli va Progress miltiqlari aniqlangan. Shuningdek, rezina o‘qlar otishga mo‘ljallangan 7 ta pompali miltiq musodara qilingan – ushbu miltiqlar Atamboyevning tarafdorlari tomonidan uning uyi shturm qilingan vaqtda maxsus kuchlar jangchilaridan tortib olingan. 

Avvalroq sobiq prezident 26 avgustgacha tergov izolyatoriga joylangani ma'lum qilingandi. Keyinroq internetda uning izolyatordagi surati paydo bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top