Jahon | 20:59 / 12.08.2019
27334
2 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston prezidenti Aurus mashinalarini sotib olish istagini bildirdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Aurus qatoriga kiruvchi mashinalarni sotib olish istagini bildirdi. Bu haqda Turkmaniston rahbari Turkmanboshida o‘tayotgan Kaspiy iqtisodiy forumida Rossiya tomonidan tashkillashtirilgan lyuks avtomobilning taqdimotidan keyin aytdi. 

Berdimuhamedov “Aurus Senat” kabrioleti bilan tanishgan va shunday mashinani o‘z davlatida paradlarda qo‘llash uchun buyurtirgan. Mashinani Berdimuhamedovga Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev tanishtirgan.

Bir kun avval esa Berdimuhamedov qora rangdagi “Aurus Senat” bilan tanishtirilgandi.

Turkmaniston prezidenti Medvedev bilan suhbatda mashinaning oq rangiga e'tibor qaratgan. Gap shundaki, 2018 yil yanvardan Turkmanistonda oq rangdan boshqa rangdagi mashinalardan foydalanish taqiqlagan. 

Foto: RIA Novosti /Dmitriy Astaxov

Medvedev Turkmaniston yetakchisiga ushbu modeldagi avtomobilni 2021 yilda Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilajak paradda qo‘llashni taklif qilgan. “Ikki yilda mashinani tayyorlashga ulgura olasizmi?”, deb qiziqqan Berdimuhamedov Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Yevtuxovdan. Aynan Yevtuxov mashinaning ko‘zdan kechirilishi vaqtida delegatsiyalarni qiziqtirgan savollarga javob bergan. Yevtuxov ushbu muddatda mashina tayyor qilinishiga va'da bergan.

Turkmaniston yetakchisi avtomobilning chiroyli ko‘rinishi, yaxshi saloni, katta radiator panjarasini ustun jihatlariga kiritgan. 

“Xavfsizlik, tez yordam uchun, agar kerak bo‘lsa mototsikletlarini, butun komplektni sotib olgan bo‘lardik”, deb aytgan Berdimuhamedov.

Foto: RIA Novosti /Dmitriy Astaxov

Ayni vaqtda Aurus uchta kuzov turi – sedan, limuzin va miniven ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Rossiya mudofaa vazirligining maxsus buyurtmasiga ko‘ra uchta kabriolet ham tayyorlangan. 

Mavzuga oid