Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm sohasida yangi tizim: 3 ming dollar bilan 150 ming dollarga ega bo‘lish imkoniyati yuzaga keladi
2020 yilning 1 yanvaridan boshlab turistik sohani qo‘llab-quvvatlash maqsadida xorijiy charter reyslarining aviatashuvlariga kompensatsiya to‘lash tartibi joriy qilinadi. Bunda davlat tomonidan O‘zbekistonda kamida 5 kecha tunash sharti bilan har bir sayyohga 20 AQSh dollari, qishki mavsumda (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 50 dollardan aviatashuvni tashkillashtiruvchiga pul to‘lanadi.
«Bu xalqaro doirada bor tajriba. Agar bitta samolyotda 150 nafar sayyoh yurtimizga tashrif buyuradigan bo‘lsa, parvozni tashkil qilgan sayyohlik firmasiga, masalan, 3 ming AQSh dollari beriladi», - deydi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bitta tashkillashtirilgan reysga 3 ming dollar berish orqali katta daromad olish mumkin. Masalan, har bir turistdan ming dollardan foyda ko‘rilsa, O‘zbekistonga bitta samolyotdan 150 ming dollar qoladi. Agar uning 20 foizi soliqqa tortilsa, bu 30 ming dollar deganidir.
«Bu pullar orqali ham budjetga foyda bo‘ladi, ham uzoq-uzoq hududlarimizning infrastrukturasi yaxshilanadi. Katta-katta loyihalar realizatsiya qilinadi. Biznes foydasiga qarasak ham, 120 ming dollar foyda qolishi katta gap».
Bosh vazir o‘rinbosariga ko‘ra, agar 1 yilda mingta charter reyslari keladigan bo‘lsa, O‘zbekiston yiliga 150 million dollar foyda qiladi. Shuning uchun ham bu loyihani odamlarga to‘g‘ri tushunishi va amaliyotni boshlash zarurligi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
11:00 / 10.06.2026
O‘zbekiston sayyohlar oqimi o‘sishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoriga kirdi
18:02 / 27.04.2026
Kyurasao banknotasi 2025 yilda dunyodagi eng yaxshisi deb topildi
13:52 / 23.04.2026