Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHT Qirg‘izistonda "Aprel" telekanali yopilishidan tashvish bildirdi
YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga tegishli "Aprel" telekanali yopilishidan tashvish bildirdi. Bu haqda tashkilot saytida e'lon qilingan rasmiy bayonotda aytiladi.
"Men "Aprel" telekanaliga tegishli mulkning musodara qilinishi va uning efiri to‘xtatilishidan tashvishdaman. Bu qaror favqulodda holatda qabul qilinganini bilsam-da, amaldagi hukumatni bu qarorni qayta ko‘rib chiqishga chaqiraman. OAV erkinligi va turfa xilligini og‘ir vaziyatlarda ham qo‘llab-quvvatlash kerak", - deyiladi YeXHT vakili bayonotida.
Qirg‘iziston hukumati telekanal efirini 7 avgustda, Qo‘y-Tosh qishlog‘ida Atamboyevni qo‘lga olish operatsiyasi boshlanganidan keyin to‘xtatib qo‘ygandi.
Mavzuga oid
10:24 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
19:26 / 21.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bilan ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi
10:23 / 16.01.2026
Grenlandiya masalasi: YeXHT “darhol javob berishga tayyor”
21:07 / 08.12.2025