Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
19 avgustdan Mirzo Ulug‘bek tumani va Termiz shahrida yangi elektr hisoblagichlarni o‘rnatish boshlanadi
Prezidentmizning 2018 yil 23 oktyabrda “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini (ASKUE) joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yil 19 avgustdan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani va Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari boshlanadi. Shuni inobatga olib, xonadonda 2 oy davomida voyaga yetgan shaxsning bo‘lishini ta'minlash hamda imkon qadar hozirda mavjud hisoblagich ko‘rsatkichini fotosuratga olib qo‘yishingizni tavsiya qilingan.
Hozirda Toshkent shahrining Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa, Mirobod va Sergeli tumanlaridagi 240 mingdan ziyod aholi iste'molchilariga zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatib berildi.
“Alohida ta'kidlash kerakki, ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar iste'molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari evaziga bepul o‘rnatib berilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Joriy yil yakuniga qadar ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar Toshkent shahrining barcha tumanlariga to‘liq o‘rnatib berilishi rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra, iste'molchilardan hisoblagichlarni almashtirishga to‘sqinlik qilmaslik, balki yordam berish so‘ralgan.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026