Jahon | 20:17 / 17.08.2019
29671
2 daqiqa o‘qiladi

AQShlik milliarder Poroshenko 8 mlrd dollarni mamlakatdan olib chiqib ketganini aytdi

Foto : Yekaterina Chesnokova / RIA Novosti

Pyotr Poroshenko Ukrainaga prezidentlik qilgan vaqt davomida mamlakatdan 8 mlrd dollarni olib chiqib ketgan. Bu haqda kelib chiqishi ukrainalik bo‘lgan amerikalik milliarder Sem Kislin «Strana» nashriga bergan intervyusida aytdi.

«Poroshenko prezidentlik vaqtida Ukrainadan kamida 8 mlrd dollar olib chiqib ketgan. Menga ma'lum bo‘lgan birgina fakt bo‘yicha «Tsentrenergo» davlat kompaniyasi orqali 700 mlndan 800 mln dollargacha mablag‘ni olib chiqib ketgan», — dedi u.

Uning aytishicha, bosh prokuror Yuriy Lutsenko ekan, mamlakat sobiq prezidentiga qarshi ish oldinga siljimaydi.

«Lutsenko «oila»ning o‘z odami. Poroshenko va Lutsenko birgalikda o‘z xalqi uchun emas, cho‘ntaklari uchun ishlagan va juda ko‘p pul o‘g‘irlagan korrupsionerlar», — dedi Kislin.

Sem Kislin — amerikalik milliarder, Nyu-York meri Rudolf Julianining sobiq maslahatchisi. U AQShga 1970-yillarda ko‘chib kelgan va maishiy texnika savdosi orqali daromadga ega bo‘lgan. 

Poroshenko va uning atrofidagi shaxslarga qarshi hozirda 11ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilmoqda. 

Mavzuga oid