Ushbu o‘lim darajadasidagi xavfli infeksiyadan 90 foizgacha bemorlar qutula olishadi. Asosiysi — davolanishni boshlashga kech qolmaslik.
Gepatit S — eng ayyor kasalliklardan biridir. Uni bekorga «muloyim qotil» deb atashmaydi: ko‘pincha u yillab, hattoki o‘n yillab o‘zini sezdirmaydi. O‘zini tanitishni boshlaganda esa juda kech bo‘ladi.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, gepatitning S turi bilan yer yuzining 70 milliondan ortiq kishisi aziyat chekadi. Ushbu infeksiya va u bilan bog‘liq asoratlar natijasida yiliga 400 mingga yaqin inson vafot etadi.
Gepatit S va uning xavfi nima?
Jigarning gepatoinfeksiyalardan biri bo‘lgan S guruhi virusi bilan yallig‘lanishiga Gepatit S kasalligi deb aytiladi. Boshqa guruhdagi viruslar ham mavjud, biroq ular sezdirmasdan zararlamaydi.
Aksariyat hollarda S-virus qon orqali yuqadi. Bundan tashqari, zararlanish kundalik hayot tarzida ham sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, manikyur jarayonida sizdan oldingi mijoz uchun ishlatilgan asboblarni yetarlicha sterillamaslik noxush holatni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi ehtimoli yuqori.
So‘ngra, inson o‘zida hech qanday g‘ayritabiiy alomatlarni sezmaydi. Virus jigarni deyarli sezdirmagan holatda qamrab oladi. Aynan shu sababli gepatit S’ning surunkali turi bilan og‘ruvchi bemorlarning 50 foizi kasallik haqida hattoki o‘ylab ham ko‘rmagan bo‘lishadi. Bu orada u rivojlanib boradi.
Gepatit S jigar raki rivojlanishining asosiy sababidir.
Amerikaning kasallikni nazorat qilish va oldini olish Markazi ma'lum qilishicha, gepatit S bilan xastalangan odamlarda:
- jigar faoliyatining surunkali buzilishlari rivojlanadi, xavf - 60-70 foiz;
- jigar sirrozi yuzaga keladi (odatda bu zararlanishdan 20-30 yil o‘tib ro‘y beradi), xavf - 10-20 foiz;
- jigar yetishmovchiligi kuchayadi, xavf - 3-6 foiz;
- jigar raki aniqlanadi, xavf - 1-5 foiz.
Ijobiy holatlar ham mavjud: taxminan 15-25 foiz bemorlar o‘z-o‘zidan davoga erishadi. Ba'zida u bilan kasallanganini bilmagan holda ham virusdan qutulib ketish hollari uchraydi. Shifokorlar buni to‘satdan virusdan tozalanish deb atashadi va uning sababi aniqlanmagan.















