19-20 avgust kunlari Toşkent şahar Yoşlar markazi binosida «Barqaror qişloq xöjaligi» mavzusida 6 - PGRP Osiyo Bioöğitlar xalqaro anjumani bölib ötdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Özbekiston Milliy universiteti va «Ecobiome Research & Development Ltd» tomonidan, «Osiyo Bioöğitlar» jamiyati, «Auburn» universiteti (AQŞ), «ICRISAT», «ICAR», «Hindiston» jamiyatlari bilan hamkorlikda taşkil qilingan mazkur forum doirasida Özbekiston qişloq xöjaligida ösimliklarning turli xil kasalliklariga samarali va innovatsion tarzda işlab çiqarilgan sönggi avlod bioöğitlaridan foydalangan holda qarşi kuraşiş, şuningdek, kimyoviy öğitlardan xoli, toza va organik meva va sabzavotlarning eksportbop navlarini yetiştiriş masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida «Ecobiome Research & Development Ltd» jamiyati rahbari Dilfuza Egamberdiyeva Kun.uz saytiga xalqaro anjumanning Özbekiston uçun ahamiyati borasidagi öz fikrlarini bölişdi.
«Markaziy Osiyo, jumladan, Özbekistonda xalqaro konferensiyalar juda kam taşkil qilinadi. Bizda şuningdek, ilmiy yönalişdagi yangilik, ilmiy yangiliklar bilan işlaş uçun esa texnologiyalar juda kam. Şu sababdan ham, mazkur anjumanni Özbekistonda taşkil qilişga qattiq harakat qildik.
Tadbirning homiylari turli davlatlarning hamkor firmalari hisoblanadi. Halqaro firmalar esa bizga şunçaki kelişmaydi, ular ilmiy yönalişdagi işlanmalarga investitsiyalar ham olib kelişadi. Jumladan, anjumanning birinçi kunida biz hamkorlarimiz bilan Özbekistonda ham yirik biotexnologiya markazini quriş böyiça muzokaralar ötkazdik. Qurilişi rejalanayotgan markazda öz-özidan Özbekiston qişloq xöjaligi uçun foydali bölgan ilmiy yangiliklar qilinadi», deydi u.

Dilfuza Egamberdiyeva şuningdek, qişloq xöjaligida bioöğitlardan foydalaniş va oziq-ovqat mahsulotlarini yetiştirişda kimyoviy öğitlarning hissasini kamaytiriş borasida dunyo davlatlarida qilinayotgan işlarga ham töxtalib ötdi.
Jumladan, «Özbekiston Qişloq xöjaligida hali juda köp islohotlar qilinişi kerak. Ikkinçidan, Respublikada qişloq xöjaligiga bioöğitlarni joriy qiliş sohasida sanoqli mutaxassis iş olib boradi, tabiiyki, bizda soha ham yaxşi rivojlanmagan.
















