O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida XMI ishtirokida 2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda
Xitoyning "Kitay" jurnalida "Islohot va innovatsiyalar Yangi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Maqola muallifi O‘zbekiston prezidentining "Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmoni bilan mazkur sohani zamon talablari asosida isloh qilishning 9 ta ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilganini ta’kidlagan. Bundan tashqari, so‘nggi 3 yil ichida sohani reforma qilish va bozor munosabatlarini joriy qilish bo‘yicha respublika rahbarining 6 ta farmoni hamda 9 ta qarori qabul qilingani ham aytib o‘tilgan.
"Sohadagi islohotlar natijasida paxtachilik, g‘allachilik, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, pillachilik va ipakchilikda tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, sohada qo‘shilgan qiymat yaratish va uni rag‘batlantirish, mahsulotlarni erkin bozorda sotish bo‘yicha yangi mexanizmlar joriy qilindi", – deyilgan nashrda.
Shuningdek, maqolada ishni yangicha tashkil etish orqali g‘alla ekiladigan ochiq maydonlarga tejamkor seyalkalarda urug‘ qadalayotgani, ekin yerlari lazerli usulda tekislanayotgani, g‘alla ekish ishlari 10-12 kun erta yakunlanayotgani, ko‘chat soni gektariga 4,8-5,5 million donani tashkil etgani, sohada qo‘llanilgan innovatsion ishlanmalar va ilm-fan yutuqlari hisobiga don yetishtirish yildan yilga oshayotgani qayd etilgan.
Materialda xalqaro moliya institutlari ishtirokida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida umumiy qiymati 2 milliard 62 ming dollarlik 7 ta loyiha amalga oshirilayotgani ma’lumot sifatida keltirilgan.
O‘tgan davr mobaynida, ya’ni 2016-2023 yillarda mazkur loyihalar doirasida 2 ming 671 tashabbuskorning faoliyati jami 1 milliard 45 ming dollar miqdorida moliyalashtirildi, buning natijasida 50 ming 978 yangi ish o‘rni yaratildi.
O‘zbekiston prezidentining tegishli qarorlari bilan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda 13 ta hududiy qishloq xo‘jaligi xizmatlari markazlari tashkil etildi, deb ta’kidlangan manbada.
2021-2023 yillarda qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan vazirlik tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari bilan hamkorlikda 3,4 mingdan ortiq o‘quv-seminarlari o‘tkazilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi sub’yektlarda mehnat qilayotgan 74 mingdan ortiq mutaxassisning malakasi oshirildi.
"Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish markazlarida "yagona darcha" tamoyili asosida davlat korxonalari tomonidan 17 yo‘nalishda 100 dan ortiq, xususiy sektor tomonidan esa 18 yo‘nalishda yangi, zamonaviy xizmatlar ko‘rsatilmoqda", – deb yozilgan.
Mavzuga oid
14:06 / 12.12.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 16 foizga oshdi
13:56 / 04.12.2024
«Bir million dasturchi» loyihasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga elektromobil beriladi
15:09 / 03.12.2024
Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va bo‘limi boshlig‘i lavozimi tugatiladi
19:02 / 28.11.2024