"Özbekiston mustaqillikka erişgandan söng oziq-ovqat xavfsizligi masalalariga katta e’tibor qaratayotgan davlatlardan biri böldi, – deb yozilgan maqolada. – Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligi yalpi içki mahsulotning 40 foizdan ortiğini taşkil etuvçi qişloq xöjaligi va unga aloqador tarmoqlar hissasi bilan ta’minlanadi. Özbekiston özining suv omborlari va daryolari tufayli boy baliqçilik resurslariga ega, şuningdek, paxta yetiştiriş böyiça dunyoda beşinçi örinda turadi".

Keyingi yillarda Özbekistonda qişloq xöjaligi siyosatida jiddiy özgarişlar röy berdi. Jumladan, davlat qişloq xöjaligi korxonalarini tugatiş va qişloq xöjaligi yerlarini yaxşilaş va oziq-ovqat yetiştirişni köpaytiriş uçun zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan fermer xöjaliklarini taşkil etdi.

"2017-2023 yillarda sanoatni jadal rivojlantiriş va bozor mexanizmlarini joriy etilişi natijasida barça turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişning barqaror ösişiga erişildi. Oxirgi olti yilda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş hajmi 16 foizga oşib, 2023 yil yakuniga köra 426,3 trillion sömga yetdi", – deb ma’lum qilingan naşrda.

Maqola xulosasida "davlat siyosati turli sohalarda mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini yetiştiriş orqali mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş uçun oziq-ovqat strategiyasini işlab çiqişga qaratilgan. Şuningdek, asosiy maqsad mahalliy bozordagi yuqori sifatli mahsulotlarga bölgan ortib borayotgan talabni qoplaş hamda Özbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi böyiça global miqyosdagi mavqeyini yaxşilaşdir", – deb ta’kidlangan.