Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq rahbariyatiga hukm e'lon qilindi

2019 yil 19 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar - Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining sobiq rahbari Ravshan Ibragimov va agentlikning sobiq rahbari va sobiq rahbarning sobiq o‘rinbosari Ulug‘bek Nazarov, shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish masalalari departamenti Chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lganlarni topish va ro‘yxatga olish bo‘limining sobiq boshlig‘i Alijon Abdullayev va Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Jo‘nab ketishdan oldingi moslashtirish va o‘qitish markazining sobiq direktori Ozod Maxsudovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Aziz Obidovning Kun.uz’ga xabar berishicha, mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Orif Qilichev raisligida hamda xalq maslahatchilari X. Rixsiyeva va G. Qosimovadan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqildi.
Sud hukmiga ko‘ra, Ravshan Ibragimov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi, 28,211-moddasi 3-qismi «a», «b» bandlari va 278-2-moddasi 2-qismi «v», «g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Foto: Kun.uz
Ulug‘bek Nazarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 3-qismi «a», «b» bandlari, 278-2-moddasi 2-qismi «v», «g» bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Foto: Kun.uz
Alijon Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi, 28,211-moddasi 3-qismi «a», «b» bandlari, 278-2-moddasi 2-qismi «v», «g» bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybli deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Ozod Maxsudov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi, 28,211-moddasi 3-qismi «a», «b» bandlari va 278-2-moddasi 2-qismi «v», «g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining mansabdor shaxslari 2018 yilning oktyabrida korrupsiyada ayblanib ommaviy ravishda qamoqqa olingandi.
Ravshan Rafaelovich Ibragimov 2018 yilning bahorida Hojibaxlil Fazlitdinovich Asamov o‘rnida agentlik direktori sifatida ish boshlagandi (Asamov 2017 yil aprelidan buyon o‘sha vaqtda Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishdagi mojaro ortidan ishdan olingan Ulug‘bek Nazarov o‘rniga agentlikka vaqtinchalik rahbar sifatida ishlab kelayotgandi).
Ulug‘bek Bahodirovich Nazarov esa shov-shuvli ravishda ishdan olinishidan ko‘p vaqt o‘tmasdan, 2018 yilning yanvarida agentlik rahbariga o‘rinbosar sifatida qaytgandi.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi
O‘zbekiston | 11:11
-
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
O‘zbekiston | 11:02
-
G7 moliya vazirlari Rossiyaga sanksiyalarni kuchaytirish bilan tahdid qildi
Jahon | 10:22
-
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
O‘zbekiston | 10:18
Mavzuga oid

22:20 / 28.11.2018
Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati qamoqqa olindi. Ular yirik korrupsiya ishida gumonlanmoqda

15:53 / 28.07.2018
Ravshan Ibragimov: “Fuqarolarni chet elga jo‘natadigan xususiy agentliklar ochiladi”

11:34 / 23.07.2018
Koreyada ishlamoqchi bo‘lgan fuqarolarning 2 mingdan ortig‘iga nega ruxsatnoma chiqmadi?

00:59 / 23.07.2018