Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekinda Hongkongdagi voqealar xorijiy kuchlar tomonidan uyushtirilgani aytildi
Hongkongdagi namoyishlar va ommaviy tartibsizliklar xorijiy kuchlar tomonidan uyushtirilgan. Bu haqda Janubiy Koreya va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I aytib o‘tdi.
“Hongkongdagi joriy voqealar xorijiy kuchlar aralashuvi bilan yuz bermoqda”, deb aytgan Van I.
“Hongkongdagi vaziyat Xitoyning ichki ishi hisoblanadi, xorijiy aralashuv istisno qilinadi. Xitoyning markaziy hukumati Hongkong ma'muriyatini vaziyatni qonunan tartibga solishida qo‘llab-quvvatlaydi hamda shahar politsiyasining qonunni ijro etishda qat'iy va adolatli harakatlari hamda Hongkong sud hokimiyatiga zo‘ravonliklarda aybdorlarga hukm chiqarishida qo‘llab-quvvatlov bildiradi”, deb aytgan Xitoy tashqi ishlar vaziri.
Van Ining ta'kidlashicha, Xitoy ba'zi davlatlarning Hongkongdagi korxonalari va fuqarolari borasidagi xavotirlarini tushunadi. “Hongkong rahbariyati qonunga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlarini himoyalay olishiga ishonaman. Barcha tomonlar Hongkong ma'muriyatining tartibsizliklarning oldini olish bo‘yicha choralariga tushunish bilan qarashlari va bu masala bo‘yicha xolis pozitsiyani egallashlari lozim”, deb qo‘shimcha qilgan Van I.
Hongongda bir necha oydan beri hukumatga qarshi ommaviy noroziliklar to‘xtamayapti.
Mavzuga oid
20:55 / 09.02.2026
Hongkongda media magnat Jimmi Lay 20 yilga qamaldi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026