Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg 3 ta yangi iPhone chiqarilishidan xabar topdi
Apple kompaniyasi o‘z mahsulotlari qatorini yangilamoqchi, yangi qurilmalar yaqin oylarda sotuvga chiqishi kerak, deb xabar berdi Bloomberg axborot agentligi.
Yangi qurilmalardan birinchi bo‘lib Pro iPhones deb ataluvchi 3 ta yangi smartfon chiqishi kutilmoqda, ular kompaniyaning oxirgi modeldagi smartfonlari – iPhone XS, iPhone XS Max va iPhone XR o‘rnini egallaydi.
Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, yangi smartfonlardan birortasi 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydi, ammo tezkor Apple A13 protsessorlari, simsiz quvvatlanish imkoniyati va o‘ta keng fotosuratlar va video olish uchun yangi kameralar bilan ta'minlanadi. Ta'kidlanishicha, yangi ayfonlarda videoni yozish sifati ancha yaxshilanadi. Bundan tashqari, videoni tasvirga olish vaqtida uni tahrir qilish funksiyasi paydo bo‘ladi.
Yangi smartfonlar o‘lchami avvalgi modellarniki kabi qoladi, ularni mustahkamroq qilish va suv o‘tkazmasligini oshirishga va'da berilgan.
Shuningdek, kompaniya 16 dyuymli yangi MacBook Pro noutbukini chiqaradi.
AirPods quloqchinlari esa suv o‘tmaydigan qilinadi va ularga shovqinni bostirish funksiyasi qo‘shiladi.
Mavzuga oid
21:49 / 12.01.2026
Apple 2025 yilda smartfonlar bozorida jahon yetakchisiga aylandi
14:25 / 25.12.2025
2025 yilda ayfonlarning 70 foizi Rossiyaga yashirin sxemalar orqali olib kirilgan
22:41 / 18.12.2025
Apple 2026 yilda iPhone Pro dizaynini tubdan o‘zgartiradi
14:03 / 17.12.2025