Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov Putinning ma'lumotlari o‘zgartirilganining ehtimoliy sababini ma'lum qildi
Dmitriy Peskov
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rosreyestrdan olingan ko‘chirmada Vladimir Putinning ismi va familiyasi nima uchun o‘zgartirilganini bilmasligini aytdi.
Bir necha kun avval “Sobesednik” nashri Putinning ko‘chmas mulki haqida Rosreyestrdan olingan ko‘chirmada uning familiyasi va ismi Igor Petrovich Sergeyev-Gradskiyga o‘zgartirilgani haqidagi maqolni chop etgan.
Peskovning fikricha, bu davlat rahbarining xavfsizligi manfaatida qilingan bo‘lishi mumkin.
“Biror narsa ayta olmayman, chunki bu haqida ma'lumotga ega emasman”, deb aytgan Peskov jurnalistlarga.
Shu bilan birga Peskov “bu Putin davlat tomonidan qo‘riqlanuvchi obekt, mamlakatdagi eng qo‘riqlanuvchi kishi hisoblanishi va ehtimol xavfsizlikni ta'minlash qoidalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi” aytgan.
Mavzuga oid
14:52 / 11.02.2026
Kallas yevropaliklarni Putin bilan aloqalarni muvofiqlashtirishga chaqirdi
13:41 / 09.02.2026
Babish: Yevropa Ukraina bo‘yicha Putin bilan muzokara olib borishi kerak
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
07:50 / 23.01.2026