Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokengash raisi G7 sammitiga Rossiya o‘rniga Ukrainani chaqirishni taklif etdi
Foto: Christian Hartmann / Reuters
Yevropa kengashi raisi Donald Tusk keyingi G7 sammitiga Rossiya o‘rniga Ukrainani chaqirishni taklif etdi. U bu haqda Biarritsdagi «Katta yettilik» sammiti ochilishida aytdi, deb xabar beradi Bloomberg.
U AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyani bu norasmiy birlashmaga qaytarish taklifi to‘g‘risida eslatdi. Tuskning qayd etishicha, Tramp «Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishini» ochiqchasiga oqlagan va bu faktni tan olishga chaqirgan.
«Hech qanday sharoitda bunday mantiq bilan kelisha olmaymiz. Agarda Rossiyani bu stolga qaytadan taklif etish to‘g‘risida gap borayotgan bo‘lsa, uning 2014 yilda chiqib ketishi sabablari hali ham dolzarbligicha turibdi», — dedi Tusk.
«Bugun men suhbatdoshlarimni kelgusi G7 sammitiga Ukrainani taklif etish yaxshiroq ekanligiga ishontirishga urinmoqdaman», — dedi Yevropa kengashi raisi.
G7 sammitlari 1973 yildan buyon o‘tkaziladi. 1997 yilda Rossiya prezidenti Boris Yelsinning ishtiroki bilan sammit G8 shakliga o‘zgargan. 2014 yildan beri Rossiya ushbu sammitga taklif etilmayapti.
CNN telekompaniyasining xabariga ko‘ra, Rossiyani G7 sammitiga qaytarish taklifini Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatida ilgari surgan. AQSh prezidenti uning fikriga qo‘shilgan va keyinroq bu haqda ommaga e'lon qilgan.
Mavzuga oid
08:51
Rossiyada sud “Rosnano” da’vosi bo‘yicha Chubaysning mol-mulkini xatlovga oldi
21:11 / 23.12.2025
Sotsiologlar rossiyaliklar uchun 2025 yilning asosiy voqealarini aytdi
17:16 / 23.12.2025
Rossiyadan bir yoshli O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
15:15 / 23.12.2025