Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzon Qodirovga Shavkat Mirziyoyevning sovg‘asi topshirildi

Foto: vk.com/ramzan
Checheniston Respublikasi prezidenti Ramzon Qodirov Grozniy shahrida O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Rustam Qosimov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Delegatsiya Chechenistonga Yevropadagi eng katta masjidning ochilish marosimida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi.
Ramzon Qodirov ikki respublika xalqlarini mustahkam do‘stlik rishtalari bog‘lab turishini hamda Checheniston o‘zaro munosabatlar yanada mustahkamlanishi va kengayishidan manfaatdor ekanligini qayd etdi.
«Biz O‘zbekistonga chuqur ehtirom bilan yondashamiz. Bu respublika Islom dini bilan bog‘liq boy tarixga ega. U musulmon ummasiga ko‘plab atoqli olim va din arboblarini tuhfa etgan, dinimiz tarqalishida muhim rol o‘ynagan. Bizning birinchi prezidentimiz, Rossiya qahramoni Ahmad-Hoji Qodirov islomiy fanlarni O‘zbekistonda o‘rgangan. Rustam Qosimov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik so‘zlarini yetkazdi. U Chechenistonda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlardan hayratda ekanligini bildirdi. Uchrashuv davomida Rustam Qosimov menga juda nodir sovg‘a – Toshkentdagi Mo‘yi Muborak madrasasida saqlanayotgan qadimiy Qur'on qo‘lyozmasining nusxasini taqdim etdi. Aziz mehmonimizga minnatdorlik bildirdim. Qardosh O‘zbekiston Respublikasining yanada rivojlanishi va gullab-yashnashini tiladim», - dedi Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, 23 avgustda Chechenistonning Shali shahrida Yevropadagi eng katta – Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) nomidagi “Musulmonlar faxri” masjidi ochildi. Masjid o‘zbek me'morlari tomonidan Samarqand va Buxorodagi muqaddas qadamjolar ruhida loyihalashtirilgan. Me'mor Abduqahhor Turdiyevning so‘zlariga ko‘ra, loyihaga Ramzon Qodirovning takliflariga ko‘ra o‘zgartirishlar kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Boku – Moskva nizosi til masalasiga yetib keldi
Jahon | 09:05 / 04.09.2025
Xitoyning yadro triadasi, G‘arb uchun signal hamda Putin va Kimning qo‘llovi – Pekindagi parad qanday o‘tdi?
Jahon | 19:40 / 03.09.2025
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uy olish uchun qaysi viloyatda necha yil ishlash kerak?
Ko‘chmas mulk | 10:34
-
Akademik Tohir Aripov faxriy unvon bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 10:29
-
Samarqandda o‘quvchilar avtobusga chiqarilmadi: hokimlik bepul qatnov joriy qildi
Jamiyat | 10:23
-
«Yoshimni hisobga olsak – o‘ynamasam kerak». Messi JChga borishga ikkilanmoqda
Sport | 10:03
Mavzuga oid

12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi

21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi

19:03 / 25.08.2025