Sport | 23:18 / 25.08.2019
18232
2 daqiqa o‘qiladi

RPL. «Rostov» kambek evaziga g‘alaba qozonib, 3-o‘ringa chiqdi. Shomurodov yana gol urdi

Rossiya chempionatida 7-tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda. O‘z maydonida «Rubin»ni qabul qilgan «Rostov» 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, 3-o‘ringa chiqdi. Rostovliklar 15-daqiqada gol o‘tkazib yuborib hisobda ortda qolishayotgandi. O‘yin davomida Karpin shogirdlari kambek qilishning uddasidan chiqishdi.

Avvaliga Eldor Shomurodov 29-daqiqada hisobni tenglashtirdi. 87-daqiqada esa Saplinov bosh bilan gol urib, «Rostov»ga g‘alaba keltirdi. Bu g‘alabadan so‘ng rostovliklar turnir jadvalida 3-o‘ringa chiqib oldi. Shomurodovning gollari soni esa 5taga yetdi. U bu o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etildi.

«Rubin» safida Vitaliy Denisov zaxirada qoldi.

RPL. 7-tur
Rostov – Rubin 2:1

Gollar: Shomurodov (29), Saplinov (87) — Markov (15).
Rostov: Baburin, Chernov, Kozlov, Chistyakov, Sigurdsson, Yeremenko, Saplinov (Dolgov, 90), Glebov (Zuyev, 76), Ionov (Logashov, 90), Normann, Shomurodov.
Rubin: Dyupin, Pliyev, Danchenko, Sorokin, Stepanov, Bashkirov (Zakirov, 89), Podberezkin (Kvaratsxeliya, 44), Konovalov, Davitashvili, Mikeltadze (Makarov, 89), Markov.
Ogohlantirishlar: Shomurodov (90).

Mavzuga oid