«Yozuvchilarimiz xalq og‘zaki ijodidan tobora uzoqlashib bormoqda» - Usmon Azim
Bugun, 27 avgust kuni Yozuvchilar uyushmasi anjumanlar zalida Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan tayyorlangan va G‘ofur G‘ulom nashriyotida nashr qilingan “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” nomli 100 jildlik majmuaning dastlabki 15 jildi taqdimoti o‘tkazildi.
Unda fan, adabiyot va san'at vakillari, nashriyot xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, mazkur loyiha 2015 yilda boshlangan bo‘lib, unda o‘zbek xali og‘zaki poetik ijodi asarlarining eng mukammal namunalari qamrab olingan. Jumladan, nashrning 59 jildi dostonlar, 10 jildi xalq qo‘shiqlari, 12 jildi ertaklar, qolgan jildlar esa terma, afsona, rivoyat, naql, maqol, topishmoq, askiya, lof, latifa, og‘zaki drama, bolalar folklori va boshqa janrlarni ham o‘z ichiga olgan.
Tadbirda so‘z olganlar xalq og‘zaki ijodini o‘rganishning ahamiyati haqida gapirishdi.
— «Jahon «Odisseya» dostonini o‘rgandi, lekin bizning «Alpomish» hali o‘rganilgani yo‘q. Alpomishning «Odisseya»dan biror-bir kam joyi yo‘q.
Meni yana bir narsa dahshatga soladi, yozuvchilarimiz xalq og‘zaki ijodidan tobora uzoqlashib bormoqda. Bilib qo‘yinglar, bu yaxshilikka olib bormaydi. Men yaqinda bir shoirga she'rlaringiz juda zamonaviy, yangicha ekan, desam, siz surxonliklarga yaxshi-da, deydi. Nega desam, xalq og‘zaki ijodini bilasizlar, deydi. Siz-chi, desam endi biz farg‘onalikmiz, deydi.
Xo‘sh, Farg‘onadan chiqqan ijodkor xalq og‘zaki ijodini bilmasligi kerakmi? O‘zini ijodkorman degan kishi borki, avvalo o‘z xalqining og‘zaki ijodini bilishi kerak. To‘g‘ri, jahon adabiyoti ham kerakdir-u, lekin xalq og‘zaki ijodini bilmagan ijodkor bu ijodkor emas», dedi O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim.
Ma'lumot uchun, shu yil oxiriga qadar mazkur kitoblarning yana 5ta jildini tayyorlab o‘quvchilar e'tiboriga havola etish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

10:58 / 13.10.2022
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning «Tasadduq, yo Rasululloh!» nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

15:00 / 24.06.2022
Yangi “al-Qomus: arabcha-o‘zbekcha qomusiy lug‘at” kitobining taqdimoti o‘tkazildi

09:52 / 21.10.2021
“O‘tkan kunlar” tarjimoni va'da qilingan gonorar masalasi hal bo‘lganini ma'lum qildi

21:58 / 19.10.2021