Jizzaxda «Yoshlar innovatsion markazi» ishga tushdi
Jizzax viloyatida 800 ming nafardan ortiq 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar bor. Eng ulug‘ va eng aziz bo‘lgan mustaqillik bayrami arafasida Jizzax shahrida barcha qulay sharoitlarga ega «Yoshlar innovatsion markazi»ning ochilishi viloyat yoshlari uchun ajoyib tuhfa bo‘lmoqda. Binoda faollar zali, forumlar zali, seminar va konferensiya zali, axborot-resurs markazi, zamonaviy kutubxona hamda 50ga yaqin til o‘qitish kurslari va kasb-hunar to‘garaklari mavjud. Barcha zamonaviy sharoitlarni o‘zida mujassam etgan markaz yoshlarni tadbirkorlik, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni oila qurishga tayyorlash, ularga psixologik xizmat ko‘rsatish hamda liderlik qobiliyatini shakllantirish bo‘yicha ish olib boradi.
— Ilgari boshqa tengdoshlarimizga havas qilardik. Viloyat markazida qad rostlayotgan «Yoshlar innovatsion markazi»ning foydalanishga topshirilishini intiqib kutardik. Endi bo‘sh vaqtimizni mazmunli o‘tkazadigan markazimiz bor. Zamonaviy kutubxona-yu, barcha qulayliklarga ega turli kasb-hunar to‘garaklarini aytmaysizmi. Qisqa fursatda ular men kabi barcha yoshlarning sevimli maskaniga aylanadi. Shunday sharoitlarni yaratib berayotgan yurtboshimizga jizzaxlik yoshlar nomidan tashakkur bildiraman, – deydi Yoshlar ittifoqining Jizzax viloyati Kengashi sardori Mehrijon Sharopova. — Bugundan markazdagi mushoiralar to‘garagiga a'zo bo‘lmoqchiman. Kelgusida sevimli adiblarimiz bilan tashkil etiladigan ijodiy kechalarda ham o‘z ijodim bilan faol qatnashishni niyat qilganman.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Shohida Damanova viloyat ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan «Yoshlar innovatsion markazi»da barcha mashg‘ulotlar interfaol usullarda olib borilishi, mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida onlayn ilmiy muloqotlar, mahorat darslari, seminar-treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilganini ta'kidladi.
Bugundan rus va ingliz tillari, mental arifmetika, rassomchilik, shaxmat-shashka, voleybol, boks to‘garaklari, kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik maslahat berish kabi qator xonalar jizzaxlik yoshlar ixtiyoriga topshirildi. Eng qizig‘i, mashg‘ulotlarning barchasi bepul.
Bir so‘z bilan aytganda, ushbu kun viloyat yoshlari uchun uzoq yillar unutilmaydi. Ular endilikda mazkur markazda Yoshlar ittifoqining eng faol a'zolari sifatida ilm oladi, hunar o‘rganadi.
Mavzuga oid
12:31 / 10.11.2024
2024 yilda Jizzax viloyatida bolalar ishtirokida 59 ta YTH sodir bo‘ldi
09:56 / 24.09.2024
Jizzaxda haydovchi Damasga katta yoshdagi 14 kishini mindirib harakatlandi
14:28 / 08.09.2024
Birovning nomiga 20 mln so‘m kredit olib o‘zlashtirib yuborgan shaxs ushlandi
01:05 / 16.08.2024