O‘zbekiston | 13:14 / 28.08.2019
7360
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Turonbank» ATB Xitoy Eksimbanki bilan 65,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi navbatdagi ikki tomonlama kelishuvni imzoladi

Foto: Turonbank

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va hamkorlik ruhida ijobiy sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Shu o‘rinda, Xitoy Eksimbanki kredit liniyalarini jalb etish sohasidagi hamkorlikni alohida ta'kidlab o‘tish joiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 02 maydagi “2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2947-sonli Qaroriga muvofiq 2017 yildan “Turonbank” ATB tomonidan gidroelektrostansiyalar qurilishi va ularning modernizatsiya qilish bo‘yicha jami 9ta loyihalarni moliyalashtirish maqsadida, Xitoy Eksimbankining umumiy qiymati 144,4 mln.AQSh dollariga teng kredit liniyalari jalb etildi.

Joriy yilda 2ta yangi KGES ishga tushirildi. (Tuyabo‘g‘iz suv ombori qoshida, KGES 2019 yil mart oyida ishga tushirildi, stansiya quvvati 12 MVT va yillik o‘rtacha elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 41,2 mln. kVt.s.ni tashkil etadi, Katta Farg‘ona kanalidagi KGES kaskadi 2019 yil iyun oyida ishga tushirildi va yillik o‘rtacha elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 72,8 mln.kVt.s.ni tashkil qiladi) va 3ta yangi KGESlarni barpo etish va 4ta KGESlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, ularning 2020 yil oxirigacha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 maydagi 275-sonli hamda 276-sonli Qarorlari ijrosi doirasida Pekin shahrida o‘tkazilgan, O‘zbekiston RespublikasiBosh vaziri A.N.Aripov boshchiligidagi hukumatlararo komissiya ishi jarayonida «Turonbank» ATB va Xitoy Eksimbank o‘rtasida «Chirchiq GES kaskadi(GES-10)»UK, «Samarqand GES kaskadi(GES-2B)» UK va «Toshkent GES kaskadi(GES-1)» unitar korxonalarini modernizatsiya qilish,«Samarqand viloyati Darg‘om kanalida Shaudar kichikGES qurilishi, Darg‘om kanali 135+50 Piketida kichik GES qurilishi»loyihalarini moliyalashtirish uchun 65,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarz kelishuvlari imzolandi.

Ta'kidlash joizki, yuqorida keltirilgan 5 ta gidroelekrostansiyalar qurilishi va modernizatsiya qilinishi bo‘yicha moliyalashtirilayotgan loyixalar natijasida, stansiyalarning kelgusida yillik o‘rtacha elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 469,9 mln.kVt.s.ni tashkil qiladi.

Hozirgi kunda «Turonbank» ATB, «O‘zbekgidroenergo» AJ bilan hamkorlikda Respublikamizning Surxondaryo, Sirdaryo hamda Samarqand viloyatlarida gidroelektrostansiyalar qurish va modernizatsiya qilish loyihalariga 120,3 mln.AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid