Jahon | 23:16 / 28.08.2019
18819
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bosh vaziri o‘z lavozimini tark etdi

Foto : RIA Novosti

Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda uning o‘zi Facebook’dagi sahifasida joylashtirilgan videomurojaatda ma'lum qilgan. 

“Millionlab odamlarning taqdiri bog‘liq bo‘lgan bunday qarorlarni qabul qilish oson emasligini o‘z tajribamdan bilaman”, deb aytgan Groysman. U o‘zining izdoshiga kuch, sabr-toqat, muvaffaqiyat va omad tilab qolgan, chunki unga yangi hukumat ishi va Ukraina fuqarolari hayoti bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga Groysman Ukrainaga xizmat qilishda davom etishini aytgan.

“Men buyuk davlatimiz muvaffaqiyati haqida qayg‘urishni davom ettiraman”, deb aytgan sobiq bosh vazir. 

“Strana.ua” portalining xabar berishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bosh vazir lavozimiga uning ofisi rahbari o‘rinbosari Aleksey Goncharukni taklif qilishi ehtimoli katta. Nashrning eslatishicha, aprel oyida Ukraina prezidenti saylovlarining 2-turi oldidan Goncharuk “Zelenskiy umuman kimligini bilmasligini” va “ko‘proq Poroshenkoni qo‘llab-quvvatlashini” aytgan.   

Groysman Ukraina bosh vaziri lavozimini 2016 yilda egallagan. Pyotr Poroshenko prezident lavozimini tark etgach, Groysman u bilan ishlash qiyin bo‘lganini tan olgan. 

Mavzuga oid